У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi

calendar 21.04.2018
747

Xitoyda 1-maydan boshlab harbiylar uchun yangi qoidalar kuchga kiradi. Qoidalar ularning o‘zini tutishi va telefondan foydalanishini cheklashni nazarda tutadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligining saytida ma’lum qilingan.

Cheklovlar ovqat, taksi buyurtma qilish, narsalarni onlayn, xususan, mobil dasturlar orqali xarid qilishga taalluqli. Harbiylarga manzil va ish joyi haqidagi boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatish taqiqlanadi, shuningdek, xizmat joyi bilan bog‘liq har qanday nomdan foydalanish mumkin bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tayotganda harbiylar faqat haqiqiy ismidan foydalanishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ular tomondan tarmoqqa joylanadigan ma’lumotlar ham nazorat qilinadi. Xitoy xalq-ozodlik armiyasini noqulay holatda ko‘rsatuvchi suratlar va videolarni e’lon qilish taqiqlanadi. Onlayn translyatsiya ham taqiqlar qatoriga kiritilgan.

Яндекс.Метрика