У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik milliarder Еvropa futbolini sotib olib, biznes o'yinchoqqa aylantirmoqchi

calendar 08.07.2016
1942

Xitoyning eng boy kishisi Van Szyan Lin Еvropada chempionlar ligasiga teng keladigan musobaqa tashkil qilmoqchi. Uning xodimlari Еvropaning «katta jamoalari» bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Unga tegishli bo'lgan Wanda Sports Holding kompaniyasi rahbari Marko Bogarellining fikricha, Osiyo futboli shunchalik boy bo'ladiki, u erga Krishtianu Ronaldu ham ikkilanmay boradigan bo'ladi.

Ayni vaqtda Еvropa futbolini biznes o'yinchoqqa aylantirishni xohlayotgan xitoylik boyvachchaning 30 milliard dollar puli bor. U 48 million dollarga «Atletiko»ning 20 foizlik aktsiyasini sotib oldi. Katta ehtimol bilan «Milan»ning ham aktsiyalariga burnini suqish niyatida. 

U tashkil qilmoqchi bo'layotgan yangi ligada kuchli beshlikning yigirmata jamoasi qatnashishi ko'zda tutilgan. Tashkilotchilar o'yinlar translyatsiyasidan katta foyda ko'rishni rejalashtirishgan.

Яндекс.Метрика