У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik milliarder Gollivudning Legendary kinostudiyasini sotib oldi

calendar 12.01.2016
870

Xitoyning Dalian Wanda Group kompaniyasi 3,5 milliard dollar evaziga Gollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasini sotib oldi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.

Konglomerat (birlashma) raisi Van Szyanlin Xitoyning eng badavlat insoni hisoblanib, uning holati 24 milliard dollardan ziyodroqni tashkil etadi. Endi Wanda kompaniyasi Legendary`ning barcha intellektual mulklari va filmlariga egalik qiladi, deya xabar qilmoqda Reuters.

Ayni paytda Wanda Group dunyodagi yirik kinoteatrlar operatori sanaladi. Shu bilan birga, ko'chmas mulk, mehmonxona biznesi va turizm kabi boshqa ko'plab sohalarda ham faoliyat yuritadi.

Legendary Pictures kompaniyasi esa “Intersteller”, “Yura davri dunyosi”, Kristofer Nolanning “Ibtido”, “Qora ritsar” kabi filmlari orqali ko'pchilikka tanish.

Яндекс.Метрика