Xitoylik millioner-farrosh

Xitoyning Chuntsin shahrida yashovchi millioner Chjun Tsunjun 3 yildan beri har kuni ko'chalarni chiqindilardan tozalash bilan shug'ullanib keladi: u o'z misolida atrof-muhit haqida qayg'urish muhimligini ko'rsatmoqchi. Bu haqda Sixth Tone xabar bermoqda. 

Tsunjun har kuni chiqindilarni yig'ish uchun qisqichlar bilan uyi oldidagi ko'chaga chiqib, u yerni chiqindilardan tozalaydi. 51 yoshli xitoylik shu antiqa “xobbisi” sababli “millioner-farrosh” nomini ham olgan. Tsunjunning asosiy faoliyati esa ko'chmas-mulk, ishlab chiqarish va avtomobil sotish bilan bog'liq.

Boy erkakning bu odati odamlar e`tiborini jalb qildi: ko'pchilik uning samimiyligiga shubha qilib, uni o'zini piar qilishda ayblagan. Biroq erkakning aytishicha, uning niyatlari xolis va odamlarni ularning boyligi bilan baholash kerak emas.

“Ko'chani ifloslantirishimiz bilimimiz, yoshimiz, kelib chiqishimiz va ijtimoiy-iqtisodiy mavqeimizga bog'liq emas”, deb aytgan tadbirkor.

Millionerni bunday yo'l tutishga Tsinxua universiteti professori ilhomlantirgan. U professorni 2015 yilda Xaynan orolida dam olganda uchratgan. Pensiyada bo'lgan professor 4 yildan beri plyajdagi chiqindilarni yig'ish bilan shug'ullangan. Bundan ilhomlangan Tsunjun ta`tildan qaytgach, hovlisini tozalay boshlagan. 

Erkak o'z qo'l ostidagilarni ham undan o'rnak olishga chaqiradi. Agar uning korxonalaridagi xodimlar atrof-muhitni ifloslantirsalar, 10 yuan (1,5 dollar) bilan jazolanadilar. Tadbirkorning aytishicha, chiqindilar muammosini bir lahzada hal qilishning imkoni yo'q, buning uchun jiddiy choralar zarur.

“Xitoyga odamlar atrof-muhitni ifloslantirmasliklari uchun qattiqqo'l qonunlar zarur. Xitoyliklar sharmanda bo'lishdan qo'rqadilar. Ular jarimaga tortilishdan ko'ra sharmanda bo'lishdan ko'proq tashvishlanadilar”, deb aytmoqda millioner.

Chjunning rafiqasi va farzandlari dastlab uning bu odatidan uyalib yurishgan. Ular hattoki u bilan birga omma oldida ko'rinishdan bosh tortganlar. Biroq ular o'zlari yashaydigan hudud tozaroq ko'rinishga kelib, qo'shnilar Chjunni maqtay boshlaganlaridan keyin fikrlarini o'zgartirganlar. Hozirda Chjunning rafiqasi ham unga ko'chalarni tozalashda yordam beradi.

“Odamlar o'zini tutishni o'zgartirmaguncha, ko'chalar ularni qancha odam tozalamasin, iflos bo'lib qolaveradi. Yagona yechim – odamlarga atrof-muhitni ifloslantirishning salbiy oqibatlari haqida so'zlab va ular bundan xulosa chiqarib, o'z xatti-harakatlarini o'zgartirishlariga umid qilishdir”, deb aytmoqda millioner-farrosh.


Комментарии (0) | Добавить: 07.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda
Telegram o'rniga «TamTam». Foydalanuvchilar yangi messenjerga ko'cha boshladi
Rossiya Telegram'ning kulini ko'kka sovurmoqchi: App Store va Google Play’ga talab yuboriladi
«PSJ» yetti karra Fransiya chempioni bo‘ldi
Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining respublika bosqichi 25—26-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
Opera VPN servisi aprel oxirida yopiladi
Toshkentda mast erkakning puli, telefoni va poyabzalini olib ketgan o‘g‘ri ushlandi
Tramp Suriyadagi Rossiya obyektlariga zarba berish imkoniyatini ko‘rib chiqqan
Pop tumanida namunaviy jamoatchilik nazorat maskani ishga tushdi
«Manchester Siti» Angliyaning 5 karra chempioni
Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi