У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik Rossiyadan 3,6 kg oltinni yashirincha olib o'tmoqchi bo'ldi

calendar 30.10.2017
879

Xitoy fuqarosi Rossiyaning Blagoveshchensk bojxona postidan 1 mlrd 188 mln 290 ming so'mlik 3,6 kg oltinni xufyona olib o'tishga uringan chog'ida qo'lga olindi. 

U qimmatbaho kontrabanda metallni poyabzali tagligiga yashirishga uringan, deb xabar qilmoqda Sharqiy Sibir transport prokuraturasi. 

"Poyabzal tagligining chuqurchalarida bojxona nazoratidan yashiringan va belgilangan tartibda bojxona bayonnomasiga kiritilmagan sariq metall quymalari borligi aniqlandi. Ularning 4 quymaning umumiy vazni 3,6 kgni tashkil etdi", - deyiladi xabarda. 

Mazkur ish yuzasidan RF JKning 1-qismi 226-moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan. 

Яндекс.Метрика