У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik tadbirkor avtomobil uchun 10 quti tanga to'ladi

calendar 24.12.2017
837

Xitoyda tadbirkor BMW avtomobili uchun birinchi to'lov – 70 ming yuanni tangalar bilan to'ladi. Dilerlik markazi xodimining ma`lum qilishicha, barcha tangalar bir qiymatda bo'lgan. Xaridor uni bir necha yil davomida yiqqan. 

Tangalarni mijoz uyidan avtosalonga olib borish uchun 10 ta katta karton quti kerak bo'lgan. Avtosalon xodimlari tangalarni hisoblab chiqishi uchun bir necha soat ketgan.

Bu Xitoyda mashina uchun tangalar bilan hisob-kitob qilinayotgan birinchi holat emas. Misol uchun, 2015 yilda avtomobilning birinchi to'lovi uchun 150 kg, 2014 yilda esa mashina uchun bir yuanlik tangalar bilan hisob-kitob qilingan. Bu tangalarning og'irligi 2,5 tonnani tashkil qilgan.

2017 yilda amerikalik o'z mashinalari uchun soliqni bir sentlik 300 mingta tanga bilan to'lagan. Tangalarning umumiy og'irligi esa 725 kg ni tashkil qilgan.

Яндекс.Метрика