У нас есть только
оригинальные песни

Xitoylik tadbirkor o'z xodimlarini rejani bajara olishmagani uchun ko'chada emaklashga majburladi

calendar 06.10.2015
1500

Xitoycha tvitter bo'lmish Weibo ijtimoiy tarmog'ida ko'chada emaklayotgan 4 nafar yosh yigit tasvirlangan video paydo bo'ldi.
Ma'lum qilinishicha, bu video 2 oktyabr kuni Xitoyning Chjenchjou shahridagi ko'l atrofida olingan.
Aniqlik kiritilishicha, bu yigitlar mahalliy firmalardan birining xodimlari bo'lib, xo'jayin ularni ish rejasini bajara olishmagani uchun shunday taxlitda jazolashga qaror qilgan.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, emaklash jarayonida yigitlarning kiyimlari butunlay yirtilib ketgan va yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, ulardan biri yo'l chetiga chiqib, alamidan yig'lab yuborgan.
Яндекс.Метрика