У нас есть только
оригинальные песни

Xitoyning yirik shaharlarida jamoat joylarida chekish taqiqlanadi

calendar 23.11.2016
1290

Xitoyning barcha yirik aholi yashash punktlarida tamaki mahsulotlari chekishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Shu paytga qadar taqiq mamlakat poytaxti hamda 19 ta yirik shahrida amal qilib kelayotgan edi, deb xabar beradi “TASS”.

XXR sog‘liqni saqlash va rejali tug‘ish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Mao Syunyan bu haqda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayonot berdi.

“Bu muammoni hal qilish uchun jamoatchilikni chekishning zararidan faol tarzda ogohlantirib borish zarur. Chekuvchilardan onglilik, chekmaydiganlardan esa amaldagi yuridik bazaga muvofiq o‘z huquqlariga rioya etilishini kuzatib borish talab etiladi”, — ta’kidladi u.

Mao Syunyan taqiq qachon amalga kirishini aniqlashtirmadi.

Pekinda jamoat joylarida chekkanlar 200 yuan (29 dollar) jarimaga tortiladi.

Яндекс.Метрика