У нас есть только
оригинальные песни

Xiva dunyoning eng go'zal shaharlaridan biri sifatida e`tirof etildi

calendar 14.02.2017
1561

Xiva shahri Britaniyaning nufuzli The Telegraph nashri tomonidan dunyodagi eng go'zal shaharlar qatorida sanab o'tildi. Nashr o'z o'quvchilariga bu shaharga tashrif buyurishni tavsiya etib o'tgan.

Xorazm viloyati hududida joylashgan bu qadimiy shahar Parij, Venetsiya, Praga, London, Sankt-Peterburg, Kioto va boshqa bir qator shaharlar bilan birgalikda dunyoning eng chiroylari shaharlari sifatida e`tirof etilgan. 

The Telegraph nashrining yozishicha, Xiva — O'zbekistondagi xorijiy sayyohlarni o'ziga eng ko'p miqdorda jalb qiluvchi qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda bu shahar yanada go'zallashmoqda, bu shahardagi minoralar tong va shom mahalida o'ziga xos jilolanadi.

O'tgan yili shaharda Ichan-Qal`a majmuasi ochildi, bu majmuani ochiq osmon ostidagi muzey deyish mumkin. Unda qadim Xorazm hududining bugungi kunga qadar bo'lgan tsvilizatsiyasi aks etgan arxeologik yodgorliklari joylashtirilgan. Bu muzey YuNeSKO ro'yxatiga kiritilgan, bu yerga har yili dunyoning 84 mamlakatidan 34 ming sayyoh tashrif buyuradi. 

Sayyohlar uchun sharoitlar yaqin vaqtlar ichida yanada qulaylashtiriladi. Bu transport infratuzilmasiga ham taalluqli. Bu masala davlat rahbarining Xorazm viloyatiga o'tgan oyda qilingan tashrifi vaqtida ko'tarilgan. O'shanda Urganchdan Xivaga temir yo'l yotqizish masalasi muhokama etilgan.

Яндекс.Метрика