У нас есть только
оригинальные песни

XKS ekipaji Xitoy karamining birinchi kosmik hosilini yig‘ib oldi

calendar 18.02.2017
1277

Xalqaro kosmik stansiya ekipaji orbitada Xitoy karamining birinchi hosilini yig‘ib oldi. Bu haqda 17-fevral, juma kuni NASA ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Har biri bir nechta bargchalardan iborat oltita kichik karamni bort-muhandis Peggi Uitson yig‘ib oldi. U stansiyaga kelgandan buyon boshqa ishlardan tashqari “poliz”ni ham kuzatib borgan.

NASA’ning ta’kidlashicha, ekipaj ham karamdan ta’tib ko‘radi, biroq hosilning katta qismi tadqiq etish uchun Yerga yuboriladi.

Xitoyning “Tokio Bekana” karami urug‘lari o‘tgan yilning aprelida XKSga yetkazilgan. Dastlab oltita urug‘dan biri ehtimol namlik yetishmaganligi uchun sira unib chiqmadi. Biroq loyiha rahbarlarining ma’lum qilishicha, Uitson uni ham o‘stirishga erishgan.

Яндекс.Метрика