У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Adel Donald Trampga qo'shiqlarini ishlatishga ruxsat bermadi

calendar 01.02.2016
1234

Britaniyalik qo'shiqchi Adel o'z qo'shiqlarini AQSh prezidenti lavozimiga nomzod, milliarder Donald Trampga prezidentlik kampaniyasida ishlatishiga ruxsat bermadi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Nashrning ma'lum qilishicha, Adelning Rolling In The Deep xit ashulasi Trampning saylovoldi tadbirlarida paydo bo'lishidan oldin muntazam yangragan. Tramp, shuningdek, Adelning Skyfall ashulasidan ham foydalangan.

Tramp Adelning muxlisi hisoblanadi, 2015 yilda uning Nyu-Yorkdagi kontsertiga tashrif buyurgan. Qo'shiqchining muxlislari uning qo'shiqlari Tramp tomonidan ishlatilayotganidan norozilik bildirishgan.

Adelning matbuot kotibi qo'shiqchi hech qanday siyosiy tadbirlarda o'z qo'shiqlaridan foydalanishga ruxsat bermaganini ma'lum qildi.

Bu holat birinchisi yemas: Aerosmith guruhi yetakchisi Stiven Tayler ham Trampga o'zining Dream On qo'shig'ini, REM guruhi xonandasi Maykl Strayp yesa Tramp va senator Ted Kruzga It's the Yend of the World as We Know It (And I Feel Fine) qo'shig'ini ishlatishni taqiqlagan.

1984 yilda xonanda Bryus Springstin o'zining Born in the USA qo'shig'ini Ronald Reygan tomonidan ishlatilishiga qarshi bo'lgan.

Яндекс.Метрика