У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan konsertida asosan jonli ijroda kuylaydi

calendar 11.11.2016
1130

Xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan “Istiqlol” san’at saroyida “Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” nomli yubiley konsert dasturini o‘tkazishga qaror qildi.

“Konsert 26–27-yanvar kunlariga belgilangan, hozirda xonanda yakkaxon dasturi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dasturda nafaqat yangi, balki muxlislar qalbidan chuqur o‘rin egallagan qo‘shiqlar ham o‘rin olishi rejalashtirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

“Jonli ijroda konsert berish niyatim bor edi. Ammo sozandalar tarkibi bilan bog‘liq muammolar sabab, ba’zi qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etishga qaror qildim. Ammo konsert repertuarining asosiy qismini jonli ijroda kuylayman”, – dedi Aziza Niyozmetova.

Яндекс.Метрика