У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Beyonse muxlislariga egizak farzand kutayotganligini ma`lum qildi

calendar 02.02.2017
1859

Mashhur xonanda Beyonse turmush o`rtog`i, reper Jey Zi bilan egizak farzand kutayotganligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.

“Gremmi”ning bir nechta nufuzli mukofotlariga sazovor bo`lgan Beyonse o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bu haqda xabar qoldirdi va fotosuratini joylashtirdi.

Juftlikning besh yoshli Blyu-Ayvi ismli qizchasi bor. Beyonsining Jey Zi bilan turmush qurganiga 10 yil bo`ldi. Ular Amerika shou-biznesining eng boy, eng chiroyli, eng obro`li juftligi nomiga sazovor bo`lgan.

Яндекс.Метрика