У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Botir Qodirov Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

calendar 05.10.2016
1584

Xonanda Botir Qodirov o‘n sakkizinchi bor tashkil etilgan Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Abror Po‘latov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“Pekin xalqaro turizm festivali yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Botir Qodirov ijodiy jamoasi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi”, — deydi Abror Po‘latov.

Ma’lum qilishlaricha, festival davomida Botir Qodirov jamoasiga ijodiy hamkorlik masalasida, Shanxay, Xunan va Pekindagi boshqa xalqaro festivallarda qatnashish, Yaqin Sharq va Yevropa bo‘ylab bir oylik musiqiy turne uyushtirish bo‘yicha takliflar tushgan.

“Bir so‘z bilan aytganda, festival chin ma’noda do‘stlik va hamkorlik bayramiga aylanib ketdi deydi”, — deydi Abror Po‘latov.

Яндекс.Метрика