У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Bunyodbek Saidov “o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘ygani uchun” litsenziyasiz qoldi

calendar 17.12.2017
2045

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Nihol” mukofoti sohibi Bunyodbek Saidovning litsenziyasini olib qo‘ydi. Muassasa matbuot xizmati xonandaning litsenziyasi tugatilishi sabablari haqida jurnalist Feruz Muhammadga ma’lumot berdi.

Davlat muassasasi vakillarining qayd etishicha, xonanda “o‘z manfaatini davlat manfaatlaridan ustun qo‘ygani uchun” jazolangan.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining matbuot xizmati: Bunyodbek Saidov tomonidan litsenziya bitimlarida belgilangan ayrim bandlarga rioya qilmaslik holatlari uchradi.

Bunyodbek Saidovning davlat tadbirlariga borishdan bosh tortdi, tadbirlarga chaqirmoqchi bo‘lganimizda telefonini o‘chirib qo‘yib, to‘y xizmatlari bilan band bo‘lgan vaqtlari ham bo‘ldi.

Bir necha bora ogohlantirishimizga qaramay, o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘ygani uchun, uning litsenziyasi amal qilishi ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi.

Яндекс.Метрика