У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Jastin Biber MBA basketbolchisi bilan armrestlingda kuch sinashdi (video)

calendar 25.07.2016
1122

Kanadalik xonanda Jastin Biber va Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA)ning “Filadelfiya” klubi markaziy hujumchisi Joel Embiid kim kuchliroq ekanini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Embiid va Biber Los-Anjelesdagi kechki ziyofatda uchrashdi. Ular kim kuchliroq ekanini armrestlingda kuch sinashish orqali aniqlashga qaror qildi.

 

Video of Justin Bieber having an arm-wrestle early this morning in California. (July 22)

 

Kichik musobaqada g‘alabani “Filadelfiya” basketbolchisi qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, ikki yil avval MBAga kelib, bir soniya ham o‘yin o‘tkazmagan Embiidning gavdasi qo‘shiqchidan ancha katta. Basketbolchining bo‘yicha 2,13 metr, vazni 113 kilogramm bo’lsa, Jastin Biberning bo‘yi 1,75 metr, og‘irligi esa 66 kilogrammni tashkil etadi.

Яндекс.Метрика