У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Otabek Abdukarimovning klip jarayoniga FotoNigoh!

calendar 20.01.2017
1614

Xurmatli saytimiz muxlislari! Bugun sizlarga "INSON" Kinostudiyasida Ish-yurutuvchi lavozimda ishlab kelayotgan xamda komedik "Jiblajibon" va "Töydagi-tomosha" seryallarida ishtrok etgan xonanda Otabek Abdukarimovning ijodidan yangiliklar xaqida qisqacha malumot berib ötamiz.  Ayni qizg'in ijod pallasida odim qadamlar bilan san'at olamiga yaqin kunlarda kirib kelib, tinmay ijod qilib bir-necha xit tarona kuylashga ulgurgan xonanda Otabek endilikda yurtimizning gözal qizlariga bag'ishlangan "Janona" nomli shöx qöshig'iga kilip olish ishlarini xam boshlab yubordi. Kilip Toshkent shaxrida bölib ötyabdi. Kilipda bosh röllarda xonanda Otabekning özi va aktirisa Zardiyana Izzatullayeva ishtrok etyabdi.

Epizodlarda yosh ijodkorlar Zaminshox va Asem ishtrok etyabdi. Xonanda Otabekning aytishlariga qaraganda Zardiyana ilk bor suratga tushishi.

Klip olish jarayonida yaqindan yordam körsatayotgan yosh ijodkorlar rejissiyor Zoyirbek va Azim Sherga va shu qatorda ustozlari Boxodir Mullaboyev, taniqli va sevimli aktyor xamda butun Özbekiston kinolarining bosh raxbari Otabek Musayev, sevimli rejissiyorlar Burxon Sharapov, Zuxriddin Töraxöjayev va Özbekiston xalq artisti Abduxoliq Mamarasulovlarga xonanda Otabek öz minnaddorchiligini bildirdi. Kilip qachon tayyor bölishi xaqida xonanda Otabek xozircha aniq malumot bergani yöq.  Sözimiz yakunida xonanda Otabekdan yana bir yangilikni aytib ötamiz. Olloxim barchamizni xar qanday keladigan balo-qazolardan öz panoxida asrasin deya yaxshi niyatlar bilan xonanda Otabek Abdukarimov tez kunlarda yana yangi "Bevafo" nomli qöshig'ini saytimiz orqali siz aziz muxlislariga taqdim etadi.     Biz saytimiz jamoasi nomidan xonanda Otabekning ijodiga-ijod qöshilsin va kelgusi ishlarida omad yor bölsin deb qolamiz.

Яндекс.Метрика