У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Rayhon: 2016-yilda baxtiyor kunlarim ko‘p bo‘lishiga umid qilyapman

calendar 26.12.2015
2559

Xonanda Rayhon G‘aniyeva yakuniga yetayotgan 2015-yildan yorqin xotiralar qolayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sug‘diyona” gazetasiga ma’lum qildi.

                

“O‘tib borayotgan yilda yorqin xotiralarim qolayapti. Singlimni turmushga uzatdim, o‘g‘illarim bir yosh bo‘ldi. Yaqinlarimning baxtini ko‘rib, Yaratganga behisob shukronalar aytaman”, — dedi Rayhon.

“Ko‘zlarimni namlantirgan yoshlarda sevinch uchqunlari bor. Qani endi shu kunlarni volidam ham ko‘rganida… Kelayotgan 2016-yilda baxtiyor kunlarim ko‘p bo‘lishiga umid qilyapman”, — dedi xonanda.

“Umid… Uni hammaga, sog‘lik istagan, baxtini kutgan, ishida, oilasidagi muammosidan tashvishda bo‘lganlarga tilab qolaman. Umid bilan yashang, orzu qiling. Albatta, ularning amalga oshishiga ishoning!”, — dedi Rayhon.

Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.

Яндекс.Метрика