У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Sardor Mamadaliyev o‘g‘illi bo‘ldi

calendar 10.08.2016
2189

Xonanda Sardor Mamadaliyev o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda xonandaning ma’muri Najmiddin Hamidov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“Kecha, 9-avgust kuni Sardor Mamadaliyev o‘g‘illi bo‘ldi. Xudoga shukr, hozirgi vaqtda Toshkentdagi Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy markazida bo‘lib turgan onaning ham, bolaning ham ahvoli yaxshi, sog‘-salomat”, — dedi xonandaning ma’muri.

“Darakchi.uz” xabariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Temurbek deb ism qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Mamadaliyev 2015-yilning 12-oktabr kuni — aktyor Akbarxo‘ja Rasulov bilan bir kunda oila qurgan edi. Bir muddat avval, 14-iyul kuni Akbarxo‘ja Rasulov ham ota bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Яндекс.Метрика