У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Shohruxxon Instagram’dagi Asal Shodiyeva bilan suratlari haqida: “Oilaviy hayot sirligicha qolgani yaxshi”

calendar 15.05.2016
3650

Xonanda Shohruxxon aprel oyida Instagram’da paydo bo‘lgan va ko‘pchilik tomonidan Asal Shodiyeva bilan birga tashkil etilgan to'y fotosessiyasi deb baholangan suratlar yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.

 

— Instagram’dagi shov-shuvli fotosessiyani ko‘rib, “Shohruxxon va Asal Shodiyeva yana birga ekan”, deyish mumkinmi? Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
— Nazarimda, oilaviy hayotda bo‘layotgan voqealar sirligicha qolgani yaxshi. Ular ommaga havola qilinmaydi.

— Shunday deysizu, Asal Shodiyeva bilan munosabatlaringiz bir ovoza bo'ldiyu, keyin ajralib ketdingiz. Hatto to‘y taraddudiga ham hozirlik ko‘rgandingiz. O‘zi nima uchun shunday bo‘lgan edi?
— Muxlislar vaqti kelsa hamma narsani bilib olishadi. Shaxsiy munosabatlar esa sirligicha qolgani yaxshi. Har bir insonning oilasi qanchalik maxfiy bo‘lsa, u shunchalik mustahkam bo‘ladi.

— Hech bo‘lmasa, ayting, bu yil bo‘ydoqlar safidan chiqasizmi o‘zi?
— Albatta, yoshim ham 30 ga to‘lib qoldi. Jadallashtirishga harakat qilaman.

Яндекс.Метрика