У нас есть только
оригинальные песни

Xonandalar Shahzoda va Jasur Umirov bir xil matodan libos kiydi

calendar 15.11.2016
4160

Xonanda Jasur Umirov 14—16-noyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan yakkaxon konsert dasturining birinchi kunida barglar tasviri tushirilgan matodan tikilgan kostyumda sahnada chiqish qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, avvalroq Umirovning hamkasbi — xonanda Shahzoda ham xuddi shunday matodan tikilgan libosda omma oldida chiqish qilgan. Bunga “Shov-shuv” sayti e’tibor qaratgan.

“O‘xshaydi-ku! O‘xshaydi, a?! Umirovni Shahzoda ilhomlantirgan ko‘rinadi”, — deb yozadi “Shov-shuv sayti”.

Xonandalarning ko‘ylagi biror libos brendining bitta kolleksiyasidanmi yoki ular tasodifan bir xil matodan libos tiktirganmi — hozircha bunisi noma’lum.

Яндекс.Метрика