У нас есть только
оригинальные песни

Xorazm viloyati hokimi 2 ta «Lasetti» sovg‘a qildi

calendar 17.03.2018
1113

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi «Fuqarolar yig‘inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng namunali komissiyasi» respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur ko‘rik-tanlovning Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlovni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov hamda Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov tabrik so‘zi bilan ochib berishdi.

Viloyat hokimi Ilgizar Sobirov 15-mart — Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan barchani tabriklab, ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Xorazm viloyat hududiy birlashmasi hamda uning Urganch shahar jamiyatiga «Lasetti» rusumli xizmat avtomoshinalarini topshirdi.

Manba: xabar.uz

Яндекс.Метрика