У нас есть только
оригинальные песни

Xorazm viloyatida o‘zbek so‘mini qalbakilashtirgan jinoiy guruh jazoga tortildi

calendar 12.01.2016
1859

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xonqa tumanida qalbaki pullarni yasash va o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Aniqlanishicha, fuqaro N.Madrahimov va uning jinoiy sheriklari X.Matrasulov, J.Otaniyazov, Ya.Abdullayev, F.Jumaniyazov va voyaga yetmagan T.Beknazarovlar (barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) oldindan jinoiy til biriktirib, uyushgan holda juda ko‘p qiymatdagi o‘zbek so‘mini qalbakilashtirib yasash va o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida N.Madrahimovga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda bir xil seriya va raqamli 592 dona 1000 so‘mlik qalbaki kupyura, har birining orqa va oldiga 4 donadan kupyura tasviri tushirilgan, ammo qirqishga ulgurilmagan 25 dona A-4 formatdagi qog‘oz, 1000 so‘mlik kupyuralarni o‘rashga mo‘ljallangan 992 dona belbog‘ va o‘n dona paketcha borligi aniqlandi.

Tergov jarayonida jinoiy guruh jami 1,1 million so‘mlik qalbaki kupyuralarni yasaganligi va bir qismini muomalaga kiritganligi aniqlandi.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan 2015-yilning 25-dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Xonqa tumani sudida hukm o‘qildi va jinoiy guruh a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jazoga tortildi.

Яндекс.Метрика