У нас есть только
оригинальные песни

Xorazmda ikkita yangi masjid qad ko'tardi

calendar 17.12.2017
1624

Joriy yilning 11-dekabr kuni Xiva tumanida yangi “Mulla Abduqodir bobo” nomli jome` masjidi, 15-dekabr juma kuni Urganch tumanida yangi «Muoz ibn Jabal» masjidining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda O'zbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyat vakili X. Abdullayev, O'zbekiston musulmonlari idorasi Movarounnahr nashriyoti direktori Abdujalil Xo'jam ishtirok etgan. Shuningdek, tadbirga Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari H. Ataxonov, Urganch tumani hokimi O. Bekchanov, Viloyat Nuroniy jamg'armasi raisi M. Jumaniyozov va bir qancha mehmonlar, faxriylar tashrif buyurdi. Bu haqda O'zbekiston Musulmonlari idorasi hududiy vakili Kun.uz'ga xabar bergan.

"Masjid sahnida shakldor bog' va gulzor yaratilyapti. Bu muborak maskanlarda qilinadigan ibodatu duolar turli balo-ofatlar rad bo'lishiga va xayru barakaga mo'l bo'lishiga sabab bo'ladi, inshoalloh. Muhimi ‒ masjidlar yosh avlodni ma`naviyatli, barkamol insonlar bo'lib tarbiya topishlarida, ularni turli adashgan oqimlar, zo'ravon to'dalar ta`siriga tushib qolishdan asrashda, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olishda juda katta o'rin tutadi. Ushbu masjid ham ana o'shanday dargohlardan biri bo'ladi", deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика