У нас есть только
оригинальные песни

Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda

calendar 21.07.2017
1784


Xorazmda O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil noyabr oyida Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi, go‘zal bog‘ tashkil etish taklifini bildirgan edi. O‘tgan vaqt davomida shu sanaga bag‘ishlab ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Poytaxtda san’atkor tavalludi sanasiga bag‘ishlab adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.

Ulug‘ san’atkor tug‘ilib voyaga yetgan Shovot tumanida Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i rekonstruksiya qilinib, har tomonlama obod maskanga aylantirildi. Urganchda uning xotirasi bilan atalgan bog‘ va ijod markazi, uy-muzeyi tashkil etildi. Hofiz siymosi aks ettirilgan yodgorlik o‘rnatildi.

Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hofiz qabrini ziyorat qilishdan boshlandi.

Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati musiqali drama teatrida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami qatnashchilariga tabrigini Prezidentning davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Xorazm suvora va maqomlari, xalq ashulalari va dostonlarining mohir ijrochisi Komiljon Otaniyozov asos solgan maktab yosh ijrochilar uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘lib kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda badiiy jamoalar, xonandalar tomonidan Komiljon Otaniyozov ijodiy merosidan namunalar ijro etildi. “Uch bo‘ston bulbuli” nomli spektakl, hofiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi.

Яндекс.Метрика