У нас есть только
оригинальные песни

Xorazmda litsenziyasiz yo‘lovchi tashiyotgan salkam 200 nafar haydovchidan 153 million so‘mdan ziyod jarima undirildi

calendar 28.02.2016
1140

Xorazm viloyat IIB YHXB, viloyat davlat soliq boshqarmasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat hududiy bo‘limi hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar xodimlaridan iborat guruhlar shahar va tumanlarda reydlar o‘tkazmoqda. Bu haqda O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

2016-yil yanvar oyi davomida 16 ta reyd o‘tkazilib, 271 ta qoidabuzarlik aniqlandi. 70 ta holatda avtotransport vositalarini jarima maydoniga vaqtinchalik kiritish va ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish kabi choralar qo‘llanildi.

Yanvar oyining o‘zida litsenziyasiz avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashiyotgan 200 nafar haydovchi aniqlanib, soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, hujjatlar sud idoralariga o‘tkazildi. Sud tomonidan 197 nafar haydovchidan jami 153 million 896 ming so‘m jarima undirildi.

Яндекс.Метрика