У нас есть только
оригинальные песни

Xorazmda yosh qizlarni BAAga jo‘natish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

calendar 10.11.2017
1877

10-noyabr kuni milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan “Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish mavzusida brifing tashkil etildi.

Milliy xavfsizlik xizmati matbuot markazi xodimi Lola Yo‘lchiboyevaning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda va joriy yilning birinchi yarmida MXX organlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy mehnat va jinsiy ekspluatatsiyaga jalb etish maqsadida chet elga chiqarish bilan shug‘ullangan 216 nafar shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi.

MXXning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda istiqomat qilayotgan qizlarni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi va tugatildi.

Xususan, BAAda majburiy ishlatish uchun yosh qizlarni izlash, yollash va Xorazm viloyatidan olib chiqish bilan shug‘ullangan 1992-yilda tug‘ilgan I. Amanova qo‘lga olindi.

Shuningdek, uning mazkur viloyatdagi sheriklari, qurbonlarni yollash bilan shug‘ullangan 1994-yilda tug‘ilgan K.Otajonov va 1988-yilda tug‘ilgan Sh. Rajabovlar ham jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qizlarni “O‘zbekiston—Rossiya—BAA” yo‘nalishi bo‘yicha yuborish bilan 1990-yilda tug‘ilgan U.Rahimov shug‘ullangan bo‘lsa, ularni jo‘natish jarayonida qo‘riqlash va xavfsizliklarini ta’minlash vazifasi 1989-yilda tug‘ilgan E.Otamurotovga yuklatilgan.

Birlashgan Arab Amirliklariga yetib kelgan qizlarni esa Dubay shahrida bir nechta fohishaxona yuritayotgan 1995-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan O.Allamova va 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan A.Shabiyevalar kutib olgan.

Tezkor tadbirlar davomida uyushgan jinoiy guruh a’zolari 1995 va 1997-yillarda tug‘ilgan qizlarni Rossiya orqali Dubay shahriga jo‘natish maqsadida Qozog‘iston hududiga olib chiqishga urinayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Xorazm viloyati IIB tomonidan MXX Boshqarmasi materiallari asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Яндекс.Метрика