У нас есть только
оригинальные песни

Xorijlik mutaxassis O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

calendar 23.07.2018
1639

Yarim yildan ko'proq vaqt davomida bosh murabbiysiz qolgan O'zbekiston terma jamoasini boshqaradigan mutaxassis nomi ma`lum bo'ldi. Tribuna.uz`ning o'zbek futboli rahbariyatiga yaqin manbasiga asoslanib xabar berishicha, O'FA argentinalik murabbiy Ektor Kuper bilan kelishuvga erishgan.

Tayinlov haqida kelasi hafta boshida rasman e`lon qilinishi kutilmoqda.

Ektor Kuper murabbiylik faoliyati davomida olti mamlakat klublarida, xususan, Italiya va Ispaniya chempionatlarida ishlagan. Terma jamoalardagi faoliyatini 2008 yilda Gretsiya termasidan boshlab, bir yildan ortiqroq vaqt davomida gretsiyaliklarni 16 o'yinga boshlab tushgan hamda 1ta g'alaba,4ta durang va 11ta mag'lubiyat qayd etgan.

Kuper dunyo futbolida asosan Misr terma jamoasini Jahon chempionati final bosqichiga olib chiqqani bilan tanilgan. Misrdagi 3 yillik faoliyati davomida argentinalik mutaxassis 38ta o'yin o'tkazgan bo'lib, ulardan 19tasini g'alaba, 7tasini durang va 12tasini mag'lubiyat bilan yakunlagan.

JCh-2018da Misr terma jamoasi Urugvay, Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhdan joy olib, har uchala o'yinni ham boy bergan holda so'nggi o'rinni egallagandi.

Eslatib o'tamiz, O'FA O'zbekiston termasining sobiq ustozi Samvel Babayanni 2017 yilning 7 sentabr kuni iste`foga chiqargandi. Shundan so'ng, noyabr oyida assotsiatsiya tomonidan e`lon qilingan 9 nafar nomzod murabbiy ichida Ektor Kuper nomi qayd etilmagandi.

Яндекс.Метрика