XOTIRANI KUCHAYTIRISHNING 9 QOIDASI

Miyamizni doim ishlashga majburlasak, xotiramiz mustahkamlanadi!

Ko`pincha inson eshitgan narsasining 30 foizini 20 daqiqadan so`ng, 50 foizini esa yarim soat ichida unutar ekan. Bu holat esa barcha uchun noqulaylik tug`dirishi tabiiy. Agar siz ham xotirangiz susaya boshlaganini sezsangiz, quyidagi tavsiyalar yordamida uni mustahkamlashingiz mumkin...   

1.Turli mashqlar.
Krossvordlarni echish, aqliy hisoblash, mantiqiy misollarning javobini topish, she`r yodlash, chet tillarin o`rganish – bularning barchasi miyani ishlatishning eng samarali usullari hisoblanadi. Bu mashqlarni muntazam bajarib tursak, xotiramiz anchagina yaxshilanadi.   

2. Uzum sharbati.
Agar ovqatlanish rasionimizga uzum sharbatini qo`shsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bo`lishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko`p antioksidantlar bor. 

3. Jismoniy faollik.
Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish, raqsga tushish  - bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod ko`proq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini  ta`minlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi.
 
4. Suhbatlashish, muloqot.
Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma`lumotlarni yozib olishdan ko`ra tezroq qabul qiladi. 

5. Uyqu
Yaxshi uyqu – salomatligimiz garovi. Miriqib, xotirjam uxlaydigan odamlar uzoq umr ko`rishadi. Uyqu vaqtida organizmimiz bo`shashadi, erkin bo`ladi.  Bundan tashqari, uyqu vaqtida tanada yoshartiruvchi gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Tiniqib uxlaydiganlar uyqusizlikdan qiynaladiganlarga qaraganda ma`lumotlarni  2  marta ko`proq yodda saqlab qoladi. 

6. Hordiq
Miriqib hordiq chiqarish, uqalash va shunga o`xshash mashg`ulotlar diqqatni jamlashga yordam beradi. Va natijada xotira ham yaxshilanadi.

7. Ko`zlar uchun mashq. 
Agar har kuni ertalab ko`zlarimizni u yoqdan bu yoqqa 30 soniya davomida harakatlantirsak, xotiramiz 10 foizga yaxshilanadi. Bu tan olingan fakt. Bu usul miyamizning ikkala yarim shari bir-biri bilan uyg`unlikda ishlashiga imkoniyat yaratadi. 

8. Ovqatlanish.
Sog`lom va to`g`ri ovqatlanish kuchli xotiraga ega bo`lishga imkon beradi. Buning uchun antioksidantlarga boy bo`lgan brokkoli karami, ismaloq, turli yong`oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, uzum, qora olxo`ri kabi mahsulotlarni doimiy ravishda iste`mol qilish lozim. 

9. Vitaminlar.
Bu borada V vitamini eng zaruri. Vitamin V12 etishmasligi natijasida xotira susayishi yoki yo`qolishi ham mumkin ekan. Tarkibida yuqoridagi vitaminlar bo`lgan baliq, go`sht, tovuq go`shti kabilarni iste`mol qilish miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi. S va E vitaminlari ham xotira uchun zarur. Aterosklerozga chalinmaslik uchun turli yog`lar, margarin, sariyog`ni kamroq iste`mol qilishimiz kerak. Bir sutkalik iste`mol qilinadigan yog` miqdori 90 g.dan oshmasligi lozim. 

Aqlli bo`lishning oddiy usullari

Noodatiy o`qish
Qo`lingizga qalam va o`zingizga yoqqan matnni oling. Matnni o`qiy boshlang va ravon o`qib borgan joyingizgacha qalamni ham yurgizing. Keyingi gal yanayam tezroq o`qishga harakat qiling, tezda ko`zlaringiz bu vazifaga ko`nikadi, o`zingiz esa yanayam ko`proq ma`lumotni o`zlashtirasiz va bu miyangiz uchun ham foydali mashq.   

Oldindan bilib oling. 
Keyingi gal, biror qiziqarli maqola o`qimoqchi bo`lganingizda avvalo avtor nima haqda yozganligini o`ylab ko`ring, keyin informasiyani mutolaa qilishni boshlang. Neyrofiziologlar fikricha, bu holatda miyamiz ma`lumotlarni taqqoslash barobarida kuchli quvvat bilan ishlay boshlaydi.


Комментарии (1) | Добавить: 03.04.2016
1. 62333339 (06.04.2016 01:51)
Rahmat maslaxat uchun
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?