У нас есть только
оригинальные песни

Xotirani yaxshilashning samarali usuli topildi

calendar 23.04.2017
2122

Pensilvaniya universiteti neyrobiologlari xotirani yaxshilashning samarali usulini ishlab chiqishdi. Bu haqida Gizmodo portali xabar berdi

Mazkur usul miya elektrostimulyatsiyasiga asoslangan.

Tadqiqot miyaga o'rnatiladigan qurilma yaratishni maqsad qilgan loyiha doirasida amalga oshirildi. Tajribaga eslab qolish qobiliyatlarini baholash uchun bir qator testlar o'tkazish zarur bo'lgan epilepsik kishilar guruhi jalb etildi (u aqliy salohiyat ko'nikmalarini yomonlashtirishi mumkin). Tadqiqot davomida olimlar miyaning xotira shakllanishi bilan bog'liq sohasini rag'batlantirishdi. 

Neyrobiologlar miyaning faol va nofaol vaqtida unga ta`sir o'tkazish effektini taqqoslashdi. Ma`lum bo'lishicha, birinchi holatda stimulyatsiya test natijalarini yomonlashtirgan, biroq ikkinchisida xotira yaxshilangan. 

Tadqiqotchilar olingan natijalar "yopiq halqa" usulini yaratishda yordam beradi, degan fikrdalar. "Yopiq halqa" usulida o'rnatilgan qurilma faqat foydali holatlardagina elektrik impulslar yuboradi.

Яндекс.Метрика