У нас есть только
оригинальные песни

Xovan qabristonidagi mojarodan keyin politsiya Moskvadagi barcha qabristonlarni tekshirishga kirishdi

calendar 15.05.2016
1683

Moskva politsiyasi shahardagi barcha 78ta qabristonning moliya va xo'jalik sohasidagi faoliyatida sodir etilgani ehtimol qilingan qonunbuzarliklar bo'yicha tekshiruvlar boshladi. Bu tekshiruvlar Hovan qabristonida o'rta osiyoliklar va kavkazliklar o'rtasida hududga egalik qilish bo'yicha bo'lib o'tgan qonli to'qnashuv ortidan boshlandi. Bu haqda shahar IIV rahbariga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

Politsiyadagilarning qayd etishicha, ayni vaqtda Xovandagi mushtlashuv ishtirokchilarini qo'lga olish bo'yicha tadbirlar davom etmoqda. Shuningdek, qabristonning xo'jalik ishlarini yuritish bilan shug'ullangan ma'muriyati tekshirilmoqda.

Poytaxt shahar politsiyasi bu sohadagi xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullangan boshqa 30ga yaqin firmani ham tekshirishga kirishgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Xovandagi to'qnashuv ishtirokchilarining 112 nafari tutib, mahkamaga keltirilgan. Ulardan ba'zilari boshqa ism ostida harakatlangan, 12 nafar kishining hujjatlari yo'qligi qayd etilgan, yana 15 kishi migratsion qonunchilikni buzgani aniqlangan.

14 may kuni Moskva shahridagi Xovan qabristonida ro'y bergan ommaviy mushtlashuvda 200 kishi ishtirok etgan. Chechenlar va dog'istonliklar qabristonda xizmat qiluvchi o'rta osiyolik muhojirlarga hujum qilishi oqibatida 3 kishi halok bo'lib, 29 kishi jarohatlangan. Ulardan 4 nafarining ahvoli og'irligicha qolmoqda.

Qabriston ma'muriyatidagi manbaning so'zlariga ko'ra, katta qabristonga xizmat ko'rsatish mo'maygina daromad keltiradi, mojaro ham shu tufayli kelib chiqqan.

 

Яндекс.Метрика