Xushnubdek Normatov professional boksdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

11 noyabrda AQShning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida professional boks bo'yicha o'nta jang o'tkazildi. Shulardan biri o'zbekistonlik Xurshidbek Normatov ishtirogida kechdi.Olti raundlik bellashuvda andijonlik 24 yoshli bokschi AQShning 35 yoshli vakili Lenvud Doyzerga qarshi ringga ko'tarildi. Normatov yakdil qarori bilan 60:54, 60:54, 60:54 hisobida raqibi ustidan g'alaba qozondi.Professional ringda uchinchi jangini o'tkazgan Normatov barchasida (bittasida nokaut bilan) zafar quchgan.


Комментарии (0) | Добавить: 13.11.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]