У нас есть только
оригинальные песни

Yahyo Ture Gretsiya klubiga o'tdi

calendar 03.09.2018
839

Kot D'Ivuar terma jamoasi yarimhimoyachisi Yahyo Ture erkin agent maqomida «Olimpiakos» klubiga o'tdi. 

Futbolchi «Manchester Siti»dagi 8 yillik faoliyatidan so'ng, mavsum oxirida klubni tark etgandi. 

Avvalroq, Turening «Vest Hem» yoki «Fulhem» klublariga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, bu transferlar amalga oshmay qoldi.

Eslatib o'tamiz, Yahyo Ture faoliyati davomida «Beveren», «Metallurg Donetsk», «Olimpiakos», «Monako» va «Barselona» klublarida ham o'ynagan. Kot D'Ivuar terma jamoasi tarkibida 102ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urgan.

Яндекс.Метрика