Yakkasaroy tumanida o'tkazilayotgan “Tozalash” tadbiri davomida Yakkasaroy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to'latib berishga va`da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o'z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan shaxs qo'lga olindi.
Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko'chasida joylashgan “La-Bufet” nomli kafeda, 1966 yilda tug'ilgan Yashnobod tumanida yashovchi Kolesov Vladimir, 1963 yilda tug'ilgan fuqaro Sh.O.ga Rossiya Federatsiyasining fuqaroligini olishga kerakli bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga va davlat bojlarini to'latib berishga va`da qilib, 2.500 AQSh dollarini olib, o'z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlanib, ushlandi.
Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro Kolesov Vladimirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi ko'zg'atildi.