У нас есть только
оригинальные песни

YANA O'SHA SEVGI HAQIDA...

calendar 10.09.2012
4196

YANA O'SHA SEVGI HAQIDA...

" Sevgi
qanday tuyg'u ??? " Eh, bu
ta'rifining cheki yo'q bir
davomiy haqiqat ! Aslida
yolg'ondek ko'rinsada, bu ayni
haqiqat ! Keling bunga yaqqol
misol keltiraman ... Hayotda siz
kelib oddiy insonlardek yashab
yurgandiz. Go'yoki bu hayotda
do'stlaringiz, ota-onangiz,
yaqinlaringiz bilan birga ekaniz
va o'zingiz xohlagan sharoitda
yashab yurganizni hayot
kechinmalari shundan iborat deb
hisoblaysiz. Ammo ... Bir kun
kelib qalbingizda qandaydir
o'zgacha his tuyg'ular paydo
bo'la boshlaydi. Bunga o'zingiz
ham hayron qolasiz. Go'yoki siz
boshqa olamda
yashayotgandeksiz ... Qandaydir
o'zgarishlar, his tuyg'ularga
berilish, insonlarga yaxshilik ila
boqish, va eng muhimi
o'zingizga e'tibor berib
qoladigan darajada o'zgarishlar
kuzatiladi. Bu - " Sevgi " degan
tuyg'u ila vujudga keladi. Siz
kimnidir sevib qoldingiz ... Endi
faqat o'sha inson haqida o'ylab,
xayollar sura boshlaysiz. U bilan
birga bo'lish siz uchun naqadar
baxtdek tuyuladi. Bu "
Muhabbat ! " Bu " Sinov ! "
Demak endi siz sinovga
tayyorlaning ! Sizda ko'plab
muammolar paydo bo'la
boshlaydi. Bu muammolar "
Sevgining mingdan bir
sinovidir ! " Bu sinovlarni yenga
olgan har qanday inson " Baxtli
hayotga " haqlidir !!! Ba'zida esa
bu sinovlarni barchasiga dosh
berganlar ham birga bo'lishdek
baxtga yeta olishmaydi. Nima
uchun ??? Bunga sabab ularning
Ota-onalarimi ??? Yoki taqdirning
mashaqqatli kechinmalarimi ???
Har ikki savol ham, aslida shu
savollarning javobidir ! Nega
deysizmi ? Negaki Ota-onalar
ham bunga gohida sababchi
bo'lishsa, gohida taqdir ham
bunga izn bermaydi. Lekin
taqdirimizni qay holatda yaratish
ham o'zimizga bog'liq. Faqat
to'g'ri yo'ldan dadil borsak
bo'lgani. SEVGINGIZ UCHUN CHEKINMANG ! Chunki chindan
sevsangiz, shuni o'zi ham bir
buyuk baxt ! Alloh qalbingizga
shu ajib tuyg'uni soldi. Undan
to'g'ri yo'l ila foydalaning ! Siz
chekinsangiz bu tuyg'u o'z-
o'zidan Armonga yuz tutadi va
hayotda ancha tushkunlikga
tushishingizga sabab bo'ladi ...
Chekinmang ! Faqat bunga
yarasha sevimli yoringizga va
oila a'zolarigizga vafodor, mehr
ila yuzlaning!!! Xulosa qilsam : " Seving,
Seviling ! Faqat chindan seving !
Chindan sevmagan bo'lsangiz,
"Sevaman" demang. Hech
bo'lmasa "Hurmat qilaman"
deng ! Mana shundagina Alloh
bergan tuyg'uga loyiq
hisoblanasiz ! Inson sevib qolsa,
qalbiga o'zgacha olam kirib
kelgandek bo'ladi go'yo. Bunda
esa: "Sog'inch", "Mehr", "Baxt",
"Hijron", "Azob", "Ayriliq" ... kabi
his-tuyg'ulardan iborat olamni
qalbimizga kirib kelishi bizni
tubdan o'zgartirib yuborishga
qodir ... Xuddi afsungarlikdek
Sehrlanib qolamiz ... "Sevgi" -
tuyg'usi bor azizlar ! Unga
ishonish, ishonmaslik o'zimizga
bog'liq ! Qalbingizning nafisligi,
chin muhabbatingizga
yetishishingizni Allohimdan tilab
qolaman...
Яндекс.Метрика