У нас есть только
оригинальные песни

“Yandeks” noutbuk solish uchun cho‘ntagi bo‘lgan tolstovkalarni chiqardi

calendar 13.01.2017
1072

“Yandeks.Predmeti” onlayn-do‘konida ko‘krak qismida katta cho‘ntagi bo‘lgan tolstovka (ustki kiyim)lar sotila boshladi, deb yozadi TJournal.

Cho‘ntakka kichik noutbuk (taxminan 15 dyuymgacha) sig‘ishi mumkin. Noutbuk naushnigi simini maxsus teshikcha orqali chiqarib, musiqa tinglash ham mumkin.

Mahsulotga berilgan ta’rifda katta cho‘ntak “qo‘llarni bo‘sh qoldirgan holda noutbukni qulay tarzda olib yurish va ish tugagach, u yordamida isinish imkonini berishi” aytiladi.

Tolstovkalar bilan birgalikda “artib tozalovchi” futbolkalar ham sotuvga chiqdi. Ularning ko‘krak qismi ustiga mikrofibra parchasi tikilgan bo‘lib, uning yordamida smartfonlar ekranini artib tozalash mumkin.

Яндекс.Метрика