У нас есть только
оригинальные песни

«Yandeks»​ O'zbekistonda geografik axborot tizimlari​ni yaratishga qiziqmoqda

calendar 07.12.2017
863

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar beradi. 

Uchrashuvda rossiyalik axborot texnologiyalari ekspertlariga O'zbekistonda sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan Mirzo Ulugbek Innovation Center​» innovatsiya markazi faoliyati to'g'risida ma`lumotlar berildi.

Muzokaralarda asosiy e`tibor yosh dasturchilarni tayyorlash yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasiga qaratildi. 

Shuningdek, «Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan O'zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan muayyan hududga oid grafik-tasvir ma`lumotlarini o'rganish, to'plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi ham muhokama qilindi. 

Ma`lumot uchun, «Yandeks» — rossiyalik transmilliy kompaniya bo'lib, Internet tarmog'ida shu nomdagi qidiruv tizimi, internet-portallarga egalik qiladi hamda bir necha davlatlarda IT-xizmatlarni ko'rsatadi. Ayniqsa, Rossiya, Turkiya, Belorussiya va Qozog'iston axborot texnologiyalari bozorida yuqori o'ringa ega.

Яндекс.Метрика