У нас есть только
оригинальные песни

Yandeks.Perevodchik’da o'zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati paydo bo'ldi

calendar 30.07.2015
1432


Matnlarni va veb-sahifalarni avtomatik ravishda tarjima qilish xizmati Yandeks.Perevodchik’da o'zbek tilidan va o'zbek tiliga tarjima qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu haqda "Gazeta.uz" IT va marketing sohasida faoliyat yurituvchi professional tarjimon Hamza Foziljonovga asoslanib, xabar bergan.2014 yilning oxirida o'zbek tili shunga o'xshash Google Translate onlayn-tarjima qilish xizmatining tillar ro'yxatiga kiritilgan edi."Ayni paytda servis o'zbek tilidan va o'zbekchaga kutilgandek yaxshi tarjima qilolmayapti. Biroq o'zbek tilining bu mashhur xizmatlarga qo'shilishini o'zbek tilining mashinaviy tarjima qilinishi sohasidagi muhim qadam deb hisoblayman”, deb aytmoqda IT va marketing sohasida faoliyat yurituvchi professional tarjimon Hamza Foziljonov.Google Translate haqida gapiriladigan bo'lsa, u erda tarjima sifatining yaxshilanishi ko'p jihatdan o'zbek tilini biladigan ko'ngillilarning faolligiga bog'liq. Buning uchun tarjimonlarning maxsus hajjamiyati mavjud (Google Translate Community)."Yandeks.Perevodchik esa yopiqroq xizmat bo'lib, unda ko'ngillilar yordami qo'llanilmaydi. Biroq tarjima sifati kundan-kunga yaxshilanib boradi, deb ishonaman”, deb qo'shimcha qilib o'tdi Hamza Foziljonov.Yandeks.Perevodchik xizmati ayni paytda 63 ta til, Google esa 90 ta tilda tarjima qila oladi.
Яндекс.Метрика