У нас есть только
оригинальные песни

Yandex ovozli yordamchiga ega birinchi brauzer yaratilishini ma’lum qildi

calendar 15.03.2018
814

Windows’ga mo‘ljallangan Yandex brauzerida “Alisa” ovozli yordamchisi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Vedomosti”.

Uning yordamida kompyuterni o‘chirish yoki qayta ishga tushirish, saytlar va dasturlarni ochish, sevimli qo‘shiqlarni ovoz yordamida qo‘yish, ob-havo, valyutalar kursi haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

“Ovozli boshqarish insonning texnika bilan muloqotining eng tabiiy va oson usullaridan biri. Smartfonlarda mazkur xizmat turi millionlab foydalanuvchilarga yordam bermoqda, endilikda esa u kompyuterlarda ham paydo bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kelgusida “Alisa” internet foydalanuvchilarining turli qurilmalardagi to‘laqonli shaxsiy yordamchisiga aylanadi.

Яндекс.Метрика