У нас есть только
оригинальные песни

Yangi avlod Kia Optima’ning Еvropaga mo'ljallangan versiyasi ko'rsatildi

calendar 21.08.2015
2097

Tarmoqda Yangi avlod Kia Optima’ning Еvropaga mo'ljallangan versiyasining fotosuratlari paydo bo'ldi. Ularni Niderlandiyaning Autoblog nashri chop etdi. Mashinaning AQSh bozoriga mo'ljallangan versiyasi shu yilning aprelida ko'rsatilgan edi.

Ekspertlarning suratlar asosida bergan bahosiga ko'ra, bu versiya AQSh modifikatsiyasidan old va orqa bamperi, old faralari va orqa chiroqlari bilan farqlanadi. Intererda esa hech qanday o'zgarishlar sodir bo'lmaydi.
Mashina 1.7 l li dizelli dvigatelga ega bo'lib, uning quvvati 141 ot kuchini tashkil qiladi. Motor 6 diapazonli mexanik o'tkazmalar qutisi yoki 7 bosqichli "robot” bilan uyg'unlikda ishlaydi.

Qiyos uchun, AQSh versiyasi 3ta benzin motori bilan ta'minlangan: birinchisi 2.4 l li, 185 ot kuchiga ega, ikkinchisi 2 l li, 247 ot kuchiga ega, uchinchisi 1.6 l li, 175 ot kuchiga ega. Oxirgisi "robot” bilan, qolganlari 6 diapazonli avtomatik o'tkazmalar qutisi bilan uyg'unlikda ishlaydi.


Яндекс.Метрика