У нас есть только
оригинальные песни

Yangi BMW Z4 rodsteri namoyish etildi

calendar 31.08.2018
1200

BMW kompaniyasi Z4 (G29) yangi avlod rodsterini namoyish etdi. M40i First Edition talqinidagi yangi BMW Z4 taqdimoti Pebbl-Bichda bo'lib o'tdi. Model Concept Z4 Roadster prototipi dizayniga asoslangan va BMW rodsteri uchun ilk proyektsion displey bilan jihozlangan.

BMW Z4 M40i rodsteriga 387 ot kuchiga ega bo'lgan uch litrli dvigatel o'rnatilgan. U 4,4 soniya ichida tezligini soatiga 60 milga (96 kilometr) yetkazadi.

Mashina yorug'lik diodli optika, ikkita yuqori darajali displeyga ega bo'lgan BMW Live Cockpit Professional majmuasi, elektron boshqaruvli amortizatorlar, tormozlar va M Sport faol differensiali bilan jihozlangan.

Yangi BMW Z4 haqidagi batafsil ma`lumotlar sentabrda e`lon qilinadi.

 

Яндекс.Метрика