Bugatti kompaniyasining yangi giperkari – Chiron’ning narxi 2.2 mln evroni tashkil qiladi. Bu haqda Car nashri xabar bermoqda. Qiyos uchun, 10 yil muqaddam chiqarilgan dastlabki Veyron’larning narxi 1.3 mln evroga teng edi.
Ayni kunlarda kompaniya o'z shtab-kvartiralarida modelning potentsial
mijozlarga mo'ljallangan yopiq taqdimotini o'tkazmoqda. Modelning
ommaviy debyuti keyingi martida Jeneva motorshousida o'tkaziladi.
Yangi
giperkar 1.5 ming ot kuchiga ega kuch qurilmasi bilan jihozlanadi.
Uning tarkibiga 8 l li W16 dvigateli 7 diapazonli robot o'tkazmalar
qutisi kiradi.
Chiron 2.3 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi. Mashinaning
maksimal tezligi 440 km/soatni tashkil qiladi, ammo spidometr 500
km/soatga mo'ljallanadi.
Mashina 500 adadda ishlab chiqariladi.