У нас есть только
оригинальные песни

Yangi HTC Bolt smartfonining “jonli” fotosuratlari chiqdi

calendar 16.10.2016
1865

Taniqli insayder Evan Blass VentureBeat resursida Acadia kod oti ostida ishlab chiqarilayotgan yangi HTC Bolt smartfonining “jonli” fotosuratlarini e’lon qildi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.

Rasmdan ma’lum bo‘lishicha, uskunadan, ilgari iPhone 7 va 7 Plus’da kuzatilganidek, 3,5 millimetrli ulagich olib tashlangan.

Blassning ta’kidlashicha, yangi smartfon tashqi ko‘rinishi bo‘yicha HTC 10 dan uncha farq qilmaydi. Metall korpusli model 5,5 dyuymli, 2,5D-shisha bilan qoplangan ekranga, kuchli kameraga, “Uyga” tugmasiga va ekran pastiga o‘rnatilgan barmoq izlari skaneriga ega bo‘ladi.

HTC Bolt’ning texnik tavsifi:

Ekran: 5.5 dyuym, 1920 x 1080 nuqta

Operativ xotira: 3 Gb

Doimiy xotira: 64 Gb

Asosiy kamera: 18 Mp, f/2.0, 4K-video

Frontal kamera: 8 Mp

Portlar: USB Type-C

Operativ tizim: Android 7.0

Яндекс.Метрика