У нас есть только
оригинальные песни

Yangi iPhone’lar boshqacha nomlanishi mumkin

calendar 03.09.2017
1735

iPhone smartfonlari uchun aksessuarlarni ishlab chiqaruvchilar yaqinda “qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar” bandidagi nomlarni o‘zgartirishni boshladi — ro‘yxatdan iPhone 7s va iPhone 7s Plus g‘oyib bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Wccftech xabarida ta’kidlanishicha, o‘zgarishlar yaqindagina yuz bergan va ehtimol yangi smartfonlar lineykasi boshqacha nomlanishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar ma’lumotlariga ko‘ra, qurilmalar iPhone 7s, iPhone 7s Plus va iPhone 8 emas, balki tegishli ravishda iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone Edition deb nom oladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi yangi iPhone 8 taqdimoti 12-sentabrda bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi.

Яндекс.Метрика