Yangi o'quv yilida oliy o'quv yurtlarida o'qish uchun kontrakt puli oshmaydi

«Joriy 2017/18 yil o'quv mavsumida OTM belgilangan to'lov-kontrakt summasi o'zgarmay qoladi, avvalgi belgilangan summa bo'yicha to'lov-kontrakt summasi qabul qilinadi. Bu holat faqat davlat imtihonlari natijasiga ko'ra yetarli ball to'plab talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga tegishli bo'lib, kira olmagan, lekin o'qish istagida bo'lganlar uchun qo'shimcha to'lov-kontrakti belgilangan», — deydi Oliy ta`lim vazirligi Moliya boshqarmasi boshlig'i Buzrukxonov Sarvarxon.

Eslatib o'tamiz, 2018/19 yil o'quv mavsumida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar joriy yilning 15 sentabrigacha belgilangan summaning kamida yarimini (bir semestr uchun) to'lashi shart.

Shunday qilib, kontrakt miqdori quyidagicha bo'ladi:

Gumanitar yo'nalishlar:

1) Pedagogika, kasb-hunar ta`limi: bakalavriat — 6 650 000 so'm
2) San`at: bakalavriat — 7 900 000 so'm
3) Gumanitar fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so'm
3.1)Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima va amaliyot nazariyasi, o'zbek-ingliz tarjimasi nazariyasi va amaliyoti: bakalavriat — 7 250 000 so'm
3.2) Jahon siyosati: bakalavriat — 9 850 000 so'm
4) Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar: bakalavriat — 6 650 000 so'm

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq:

1) Ijtimoiy fanlar va psixologiya: bakalavriat — 6 650 000 so'm
2) Jurnalistika va axborot: bakalavriat — 7 250 000 so'm
3) Iqtisodiyot: bakalavriat — 8 800 000 so'm
3.1) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: bakalavriat — 9 850 000 so'm
4) Huquq: bakalavriat — 9 850 000 so'm

Ishlab chiqarish va texnika sohasi:

1) Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyasi: bakalavriat — 6 650 000 so'm
2) Kompyuter va informatika texnologiyasi, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari: bakalavriat — 7 250 000 so'm
2.1) AKT sohasidagi iqtisodiyot va menejment: — 8 800 000 so'm
3) Arxitektura va qurilish: — 7 250 000 so'm

Qishloq va suv xo'jaligi:

1) Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, qishloq xo'jaligi boshqaruvi, qishloq xo'jaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya: bakalavriat — 6 650 000 so'm

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot:

1) Sog'liqni saqlash: bakalavriat — 8 800 000 so'm
2) Ijtimoiy ta`minot: bakalavriat— 6 650 000 so'm

Xizmat ko'rsatish sohasi:

1) Xizmat ko'rsatish sohasi: bakalavriat — 7 250 000 so'm
2) Sport faoliyati: bakalavriat— 6 650 000 so'm
3) Transport: bakalavriat — 7 250 000 so'm
4) Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi: bakalavriat— 6 650 000 so'm.


Комментарии (0) | Добавить: 18.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]