У нас есть только
оригинальные песни

“Yangi ovozlar” tanlovining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tdi

calendar 26.07.2016
1364

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “Yoshlar madaniyat va san’at markazi” davlat unitar korxonasi hamkorligida tashkil etilgan “Yangi ovozlar” teletanlovining dastlabki saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilayotgan “Yangi ovozlar” teletanlovi yoshlarning xonandalik yo‘nalishidagi iste’dodini yuzaga chiqarish, ularning mahoratini oshirish, milliy va jahon xonandalik san’atining eng yaxshi an’analarini targ‘ib etish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi. Teletanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar 400 nafardan ortiq bo‘lib, ilk bosqichda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional xonandalar qatnashdi.

Ko‘p bosqichli ushbu ijodiy loyiha davomida har bir ishtirokchining ijodiy mahorati sinovdan o‘tkaziladi.

Saralash bosqichida g‘olib bo‘lganlar tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etadi. G‘oliblar O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Яндекс.Метрика