У нас есть только
оригинальные песни

Yangi rekord. Samarqandda chiroyli avtoraqam 7ta «Matiz» puliga xarid qilindi

calendar 02.11.2017
3666

Shu yilning 20 sentabridan birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuv uchun avtotransport vositalarining birinchi toifali davlat raqami belgilari qo'yilishi boshlangan, turli toifadagi chiroyli avtomobil davlat raqamlari auksion orqali sotilmoqda.

Shu paytgacha bir necha ko'rinishdan avtomobil raqamlari sotilgani, jumladan auksion orqali sotilgan ayrim 777 raqamlarining AQSh dollar ekvivalentida 10 ming dollardan ham ziyod summaga sotilgani haqida ilgari xabar bergan edik.

Ayni paytda birja savdolari saytidan sotilgan avtoraqamlar haqidagi ma`lumotlar olib tashlangan, biroq saytni kuzatib borayotganlarning ma`lum qilishicha, Samarqand viloyatiga tegishli yuridik shaxslar uchun mo'ljallangan, savdodagi boshlang'ich bahosi 100 EKIH — 14.977.500 so'm bo'lgan 30 777 AAA avtoraqami kimoshdi savdosida 301 million 654 ming 338 so'mga sotilgan.

Avtoraqam uchun sarflangan bu pulga O'zbekistonda ishlab chiqarilgan «Matiz» avtomobilidan 7ta, «Spark»dan 5ta, «Lachetti» avtomobilidan 3ta xarid qilish mumkin,

Samarqand viloyat IIB YHXB  ushbu raqam haqiqatdan ham ushbu summaga sotilganini tasdiqladi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko'ra, xuddi shunday seriyadagi, Andijon viloyatiga tegishli 60 777 AAA raqami «Damas» avtomobiliga o'rnatilganini ko'rish mumkin.

 

Яндекс.Метрика