У нас есть только
оригинальные песни

Yangi reyting: “Istiqlol”da bo‘ladigan eng qimmat konsert dasturlari

calendar 15.11.2016
3504

Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsertlar mavsumi davom etmoqda. Qo‘shimchasiga, kelasi yilda bo‘ladigan yangi konsert dasturlari sanasi va tafsilotlari ham asta-sekin ma’lum bo‘lib bormoqda.

Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.

8-o‘rin. “Muzlik davri” teatrlashtirilgan qo‘g‘irchoq teatr tomoshasi

27—30-dekabr hamda 2—7-yanvar kunlari “Muzlik davri” teatrlashtirilgan katta qo‘g‘irchoq teatr tomoshasi bo‘lib o‘tadi. Bir kunlik dasturning eng arzon chiptasi 10 ming so‘m, eng qimmati esa — 25 mingdan.

7-o‘rin. Katta gala-konsertlar

20-noyabr kuni “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim” nomli katta gala-konsert bo‘lib o‘tadi. 3-dekabrda “Estrada xonandalari ishtirokida paralimpiya sportchilariga bag‘ishlangan katta konsert” bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ikkala gala konsertning ham chipta narxlari bir xil — eng arzon chipta 10 ming so‘mdan, eng qimmati esa 60 ming so‘mdan.

6-o‘rin. Xonanda Qilichbek Madaliyevning konsert dasturi

Xonanda Qilichbek Madaliyevning 1—2-dekabr kunlari bo‘ladigan konserti chiptalari 10 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

5-o‘rin. Xonanda Jasur Umirov, qiziqchi Valijon Shamsiyev, “Dizayn” qiziqchilar jamoasi va xonanda Sardor Mamadaliyevning konsert dasturlari

Xonanda Jasur Umirovning 14-noyabr kuni boshlangan konsert dasturi 16-noyabrgacha davom etadi. Qiziqchi Valijon Shamsiyevning konsert dasturi 29—30-noyabr kunlariga rejalashtirilgan. 6—11-dekabr kunlari “Dizayn” qiziqchilar jamoasining konserti bo‘lib o‘tadi. Sardor Mamadaliyevning konsert dasturi esa 17—19-dekabr kunlariga belgilangan. Mazkur konsertlarining chipta narxlari bir xil — eng arzon chipta 10 ming so‘mdan, qimmati — 80 ming so‘mgacha.

4-o‘rin. Xonanda Rayhonning konsert dasturi

Xonanda Rayhonning konsert dasturi 20—24-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Dasturning eng arzon chiptasi 20 ming, eng qimmati esa 130 ming so‘m qilib belgilangan.

3-o‘rin. Xonanda Shohruxxonning konserti

Shohruxxonning konserti 11—13-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi: arzoni 10 ming so‘mdan, qimmati — 150 ming so‘mgacha.

2-o‘rin. Xonanda Lolaning konserti

Xonanda Lolaning 21—23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konserti chiptalari narxi — eng arzon chipta 25 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 180 ming so‘mdan.

1-o‘rin. Rossiyalik xonanda Irina Allegrovaning konserti

12-dekabr kuni rossiyalik xonanda Irina Allegrova konsert beradi. Uning eng arzon chiptasi 100 ming so‘mdan, eng qimmati esa 1,2 million so‘mdan sotilmoqda.

Яндекс.Метрика