Yangi tartibdagi test sinovlari bo'yicha videorolik taqdim etildi

Joriy yilning aprel oyi boshlarida «Oliy ta`lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi hukumat qarori qabul qilingandi. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangan.

Mazkur nizomga asosan, o'qishga qabul qilish to'g'risidagi arizalar har yili 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Endilikda test sinovlari har yili 1 avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenada o'tkaziladi. Bunda birinchi smena soat 8:00da, ikkinchi smena 15:00da boshlanadi.

Test sinovlari Toshkent shahridagi «O'zekspomarkaz» milliy ko'rgazmalar majmuasi pavilonlarida va uning hududida o'rnatiladigan qo'shimcha yig'ma pavilonlarda, shuningdek, katta sig'imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa — olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig'imdagi binolarida o'tkaziladi. Binoda test sinovlari jarayonini to'liq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi o'rnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart. 

DTM (Davlat test markazi) yangi tartibda o'tkaziladigan test sinovlariga bag'ishlangan videorolik taqdim etdi. Undan ko'rish mumkinki, test sinovlari mutlaqo yangicha tizimda – shaffof va ochiq tarzda bo'lib o'tadi.

 


Комментарии (0) | Добавить: 07.05.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Bu yil maktablarda «So'nggi qo'ng'iroq» bo'lmaydi
Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda kliplarini suratga olmoqda
Amerikalik o‘qituvchi ayol kasal qizchaga o‘z buyragini berishga qaror qildi
O'zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi
Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi