У нас есть только
оригинальные песни

Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi

calendar 20.10.2017
1355

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Vasilevna Shin yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta`lim vazirligining rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz ga Xalq ta`limi vazirligidagi manbalar ma`lumot berdi.

Shu vaqtgacha Xalq ta`limi vazirining birinchi o'rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sobitxon Toshpo'latovich Turg'unov esa yangi vazirga o'rinbosar etib o'tkazilgan.

Eslatib o'tamiz, yangi vazirlik Prezidentning 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni hamda «O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qarori bilan tashkil etilgandi.

19 oktabr kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta`lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash, maktabgacha ta`lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta`lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta`lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma`naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yilgan.

Яндекс.Метрика